Barcha yangiliklar
#kotibiyat_xodimi #24_masala
Gallery image 226863
Gallery image 226864
G‘AFFOROV SHOHZOD BAXTIYOR O‘G‘LI
15 Avg 2026
10:10

#kotibiyat_xodimi #24_masala

✅Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. G‘afforov tomonidan 10-“Payshanbasiyob” vakant saylov okrugida aholi murojaatlari asosida o‘rganish ishlari olib borildi.

✅O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan ijtimoiy va maishiy masalalar, xususan, hududni obodonlashtirish, infratuzilma hamda elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar ko‘rib chiqildi.

✅Shuningdek, qishloqdagi ichimlik suvi tarmog‘ida yuzaga kelgan nosozlik sabab suvning ko‘chaga oqib ketayotgani aniqlandi. Muammoni tezkor bartaraf etish maqsadida tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda zarur choralar belgilandi va ta’mirlash ishlarini qisqa muddatda amalga oshirish rejalashtirildi.

✅Aniqlangan muammolar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli taklif va tavsiyalar berilib, murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.