Barcha yangiliklar
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
Gallery image 226784
Gallery image 226785
Gallery image 226786
Gallery image 226787
Gallery image 226788
Gallery image 226789
ABDUVOSITOVA GAVHAROY KAMOLIDINOVNA
28 Avg 2026
09:09

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati K.G‘oziyev o‘z saylov okrugi hududida joylashgan 11-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, muassasaning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati bilan tanishdi. Tashrif davomida maktabda o‘quv jarayonini yuqori saviyada tashkil etish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sinf xonalarining tayyorgarligi, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, sanitariya-gigiena talablariga rioya etilishi hamda ta’lim muassasasining mavsumga shayligi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, maktab rahbariyati va mas’ul xodimlar bilan suhbat davomida yangi o‘quv yilida ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilar uchun munosib va xavfsiz muhit yaratish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. Deputat ta’lim muassasasidagi mavjud shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, aniqlangan kamchiliklarni
bartaraf etish va o‘quv yilini munosib tarzda boshlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berdi.