Barcha yangiliklar
“Yangiyer” mahallasida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
Gallery image 226707
Gallery image 226708
Gallery image 226709
Gallery image 226710
Gallery image 226711
GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
27 Avg 2026
19:56

“Yangiyer” mahallasida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi

O‘rganish jarayonida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-445) ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, kelib tushayotgan murojaatlarni qabul qilish, ro‘yxatga olish, ko‘rib chiqish va ular yuzasidan qonuniy hamda o‘z vaqtida choralar ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan muammolarni joyida o‘rganish, murojaatlarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda aholining murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha murojaatlar bilan ishlashda qonuniylik, ochiqlik va fuqarolarning huquq hamda manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Fuqarolar murojaatlari — aholi muammolarini o‘rganish va ularni hal etishning muhim vositasidir. Shu bois murojaatlarni o‘z vaqtida, xolisona va samarali ko‘rib chiqish fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.