Barcha yangiliklar
47-maktabdagi qurilish ishlari o‘rganildi
Gallery image 226550
Gallery image 226551
Gallery image 226552
Gallery image 226553
Gallery image 226554
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
26 Avg 2026
17:51

47-maktabdagi qurilish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati N. Fatullayeva hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov tomonidan “Boliob” mahallasi hududida joylashgan 47-umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari holati o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida maktab binosida amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlarining borishi, ularning sifatli va belgilangan talablar asosida bajarilishi, shuningdek, ta’lim muassasasining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatiga e’tibor qaratildi.
🔹Mas’ullar bilan suhbat davomida qurilish jarayonida aniqlangan masalalar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish choralari muhokama qilindi. Deputat tomonidan qurilish ishlarini sifatli yakunlash, belgilangan muddatlarga rioya etish hamda o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz ta’lim muhitini yaratish muhimligi ta’kidlandi.
🔹Bunday o‘rganishlar ta’lim muassasalarida yaratilayotgan sharoitlarni yaxshilash, qurilish va ta’mirlash ishlarining samaradorligini nazorat qilish hamda aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etishga xizmat qiladi.