Barcha yangiliklar
Esdalik nishonlari topshirildi
Gallery image 226515
Gallery image 226516
Gallery image 226517
Gallery image 226518
Gallery image 226519
DONABAYEV ELBEK ERKINBOY O‘G‘LI
27 Avg 2026
17:30

Esdalik nishonlari topshirildi

Tadbirda Yangiyer shahar hokimi Otabek Nosirov ishtirok etib, mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi hamda shahrimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan bir guruh yurtdoshlarni samimiy muborakbod etdi.

Marosimda so‘nggi yillarda Yangiyer shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yangi loyihalarning hayotga tatbiq etilishi, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilishida fidokorona mehnat qilayotgan insonlarning xizmatlari alohida e’tirof etildi.

Shuningdek, Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashi deputatlari samarali faoliyat yuritib, o‘zining tashabbuskorligi va mas’uliyatli mehnati bilan shahar ravnaqiga hissa qo‘shayotgan yurtdoshlarning faoliyati yuksak baholandi.