Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 226469
Gallery image 226470
Gallery image 226471
Gallery image 226472
Gallery image 226473
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
27 Avg 2026
16:47

Kotib

🏛 Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Ruslan Yerniyazov Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 18-“Avayxon” saylov okrugi hududida navbatdagi o‘rganish ishlarini olib bordi. O‘rganish doirasida 338-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi ko‘zdan kechirildi.

🏫 Maktabda 1-sentabr-yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar, sinfxonalar va maktab infratuzilmasining holatiga alohida e’tibor qaratildi. Mavjud masalalar yuzasidan maktab mas’ullari bilan fikr almashilib, yangi o‘quv yilini munosib kutib olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

🤝 O‘rganishda Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Ruslan Yerniyazov tomonidan aniqlangan masalalarni bartaraf etish va ta’lim muassasasidagi sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.