Barcha yangiliklar
🏘 Deputat ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolarini o‘rganmoqda
Gallery image 226435
Gallery image 226436
Gallery image 226437
Gallery image 226438
Gallery image 226439
RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
27 Avg 2026
16:39

🏘 Deputat ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolarini o‘rganmoqda

Aholi bilan bevosita muloqot qilish, muammolarni xonadon va ko‘chalar kesimida joyiga chiqib o‘rganish hamda ularning yechimini ta’minlash — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi mudiri Masharipov Izzat Masharipovich hamda 18-Bo‘ston saylov okrugi deputati Qalandarov Azamat Shermetovich hamkorligida Bo‘ston mahallasining Tadbirkorlar ko‘chasida barpo etilgan ko‘p qavatli uylar hududidagi mavjud holat va aholini qiynayotgan muammolar o‘rganildi.
O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan bir qator muammolar ko‘tarildi. Jumladan, maishiy chiqindilarni saqlash uchun alohida va tartibli hudud tashkil etish, mavjud chiqindi qutilaridan chiqindilarning atrofga tarqalib ketishining oldini olish, shuningdek, bolalar uchun mo‘ljallangan o‘yingohni zamonaviy tarzda ta’mirlash va obodonlashtirish masalalari bildirildi.
Deputat tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar joyida o‘rganilib, aniqlangan muammolar hududlardagi muammolarni qayd etish daftariga kiritildi. Mazkur masalalarni tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi orqali yo‘naltirish va ularning amaliy yechimini ta’minlash bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Muloqot davomida fuqarolar shu kungacha deputatga bildirgan murojaatlari joyida o‘rganilib, imkon qadar ijobiy hal etib kelinayotganini alohida ta’kidladilar.
Deputat — aholi orasida. Muammo — joyida o‘rganiladi. Yechim — nazoratga olinadi!