Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 226432
Gallery image 226433
Gallery image 226434
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
27 Avg 2026
16:38

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Transformatorning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Shakarboyev hamda tuman elektr tarmoqlari mas’ul xodimlari tomonidan Yangi hayot MFY hududida joylashgan transformatorning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududda aholining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyoji yildan-yilga ortib borayotgani inobatga olindi.

Shu munosabat bilan mavjud transformatorni quvvati yuqoriroq bo‘lgan transformatorga almashtirish bo‘yicha tegishli takliflar kiritilishi belgilandi. Masala mas’ullar nazoratiga olindi.