Barcha yangiliklar





KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
27 Avg 2026
16:37
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Yo‘l harakati xavfsizligi masalasi muhokama qilindi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati J.Mamadaliyev tomonidan Bo‘ston mahallasi yettiligi va mahalladagi faol fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar va aholini qiynayotgan masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv davomida mahalla hududidan o‘tuvchi D-041 avtomobil yo‘lida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida tezlikni cheklash belgisi hamda kuzatuv kamerasini o‘rnatish masalasi ko‘rib chiqildi.
Mazkur masalani belgilangan tartibda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish va zarur choralarni ko‘rish belgilandi.