Barcha yangiliklar
📚 YOSHLAR MASLAHAT GURUHINING NAVBATDAGI FAOLIYATI
Gallery image 226394
Gallery image 226395
Gallery image 226396
Gallery image 226397
Gallery image 226398
RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
27 Avg 2026
16:30

📚 YOSHLAR MASLAHAT GURUHINING NAVBATDAGI FAOLIYATI

📖 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi faoliyati doirasida yoshlarning kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.
🤝 Unda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi Matsapoyev Sulaymon Dilshod o‘g‘li, tuman Kengashi deputati Nurjanova Matluba Odombayevna hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich ishtirok etdi.
📍 Tadbir davomida tuman Yoshlar markazida yoshlar uchun kitobxonlik yo‘nalishida yaratilgan imkoniyatlar o‘rganilib, faol yosh kitobxonlar bilan samimiy muloqot qilindi.
🤝 Uchrashuvda yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, mutolaa madaniyatini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha fikr va takliflar almashildi.