Barcha yangiliklar
#deputat_nazorati
Gallery image 226376
Gallery image 226377
Gallery image 226378
Gallery image 226379
Gallery image 226380
Gallery image 226381
Gallery image 226382
Gallery image 226383
Gallery image 226384
Gallery image 226385
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
25 Avg 2026
16:25

#deputat_nazorati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati Sh. Boboyev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov tomonidan “Xumin” mahallasidagi 13-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining filialida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida filialdagi o‘quv xonalari, bino va hududning umumiy holati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda yangi o‘quv yilini munosib kutib olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
🔹Mas’ullar tomonidan ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va o‘quvchilar uchun qulay hamda xavfsiz ta’lim muhitini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔹Shuningdek, aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish, maktab filialini yangi o‘quv yiliga to‘liq shay holatga keltirish yuzasidan zarur vazifalar belgilab olindi.
🔹Bunday o‘rganishlar ta’lim muassasalaridagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni hal etish va o‘quvchilar uchun munosib ta’lim sharoitlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.