Barcha yangiliklar
🇺🇿 Kengash raisi Tuproqqal’a mahallasida yaratilayotgan bolalar maydonchasini o‘rgandi
Gallery image 226349
Gallery image 226350
Gallery image 226351
Gallery image 226352
RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
27 Avg 2026
16:23

🇺🇿 Kengash raisi Tuproqqal’a mahallasida yaratilayotgan bolalar maydonchasini o‘rgandi

👥 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi raisi Babajanov Jamolbek Jumabayevich, Kotibiyat mudiri Masharipov Izzat Masharipovich hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich tomonidan tumandagi Tuproqqal’a mahallasida yosh avlod uchun yaratilayotgan bolalar maydonchasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🛝 Mazkur bolalar maydonchasi mahalladagi bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishi hamda ular uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qiladi.
🤝 O‘rganish davomida bolalar maydonchasini zamonaviy talablarga muvofiq tashkil etish va sifatli jihozlash masalalariga e’tibor qaratildi.