Barcha yangiliklar
2-BAND IJROSI: Aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish holati o‘rganildi
Gallery image 226312
Gallery image 226313
Gallery image 226314
MUXITDINOV MUXAMMADFUZAYLIDDIN BAXROM UGLI
27 Avg 2026
15:46

2-BAND IJROSI: Aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari Raxmanova Gulbaxor, Hosilova Muborak, Xaydarova Nafisa va Radjabova Sabiha tomonidan 1-son oilaviy poliklinikaga tashrif buyurilib, muassasada aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.

O‘rganish davomida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar, tibbiyot xodimlarining faoliyati hamda mavjud muammolar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, tibbiy xizmatlardan foydalanish tartibi, fuqarolarning sog‘liqni saqlash sohasidagi huquqlari hamda amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish va mavjud shart-sharoitlarni yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi