Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 226306
Gallery image 226307
Gallery image 226308
Gallery image 226309
Gallery image 226310
Gallery image 226311
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
27 Avg 2026
15:47

Kengash_faoliyati

#haftalik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Qaldirg‘och" mahallasining Tulpor ko‘chasida elektrlashtirish ishlari o‘rganildi

Bandixon tumanida aholi turmush sharoitlarini yaxshilash, hududiy elektr va kommunal infratuzilma ob’ektlarini modernizatsiya qilish borasida deputatlik nazorati izchil amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 16-Qaldirg‘och saylov okrugi deputati D.Qudratovga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov tasdiqlangan hamkorlik grafigi asosida "Qaldirg‘och" MFYning Tulpor ko‘chasida nazorat-tahlil ishlarini olib bordi.

Tashrif davomida mahalla raisi bilan birgalikda Tulpor ko‘chasida yangi elektr uzatish ustunlarini o‘rnatish va montaj qilish jarayoni yaqindan o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarining sifati va texnik xavfsizlik talablariga rioya etilish holati muhokama qilinib, ishlarni belgilangan muddatlarda poyoniga yetkazish bo‘yicha soha mas’ullariga tegishli vazifalar belgilandi.