Barcha yangiliklar
23-BAND IJROSI: Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi
Gallery image 226294
Gallery image 226295
Gallery image 226296
Gallery image 226297
Gallery image 226298
MUXITDINOV MUXAMMADFUZAYLIDDIN BAXROM UGLI
27 Avg 2026
15:44

23-BAND IJROSI: Aholi bandligini ta’minlash masalasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Boltayeva Dilbar tomonidan Yoshlar markazida o‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi jarayoni o‘rganildi.

Yarmarka davomida ish izlayotgan fuqarolarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, ishga joylashish imkoniyatlari hamda kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha berilayotgan ma’lumotlar bilan tanishildi.

Shuningdek, fuqarolarga bandlik sohasidagi amaldagi qonunchilik, mehnat huquqlari, ishga joylashish tartibi va mavjud imkoniyatlar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Ish izlayotgan fuqarolarni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish va bandligini ta’minlash masalalari yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi