Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 226288
Gallery image 226289
Gallery image 226290
Gallery image 226291
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
27 Avg 2026
15:42

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

Tuman markazida yangi dam olish maskani barpo etilmoqda

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari E.Babayev, A.Uljayeva va M.Ismoilxo‘jayevalar tomonidan tuman markazida qurilishi rejalashtirilayotgan ko‘ngilochar va dam olish maskanini tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida loyiha doirasidagi dastlabki ishlar boshlanganligi, xususan, ajratilgan yer maydonini tekislash ishlari amalga oshirilayotganligi aniqlandi.

Deputatlar tomonidan hududni obodonlashtirish, loyiha ishlarini sifatli tashkil etish hamda kelgusida aholi uchun zamonaviy va qulay dam olish maskanini yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.