Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 226275
Gallery image 226276
Gallery image 226277
Gallery image 226278
Gallery image 226279
Gallery image 226280
Gallery image 226281
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
27 Avg 2026
15:40

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

3-sonli texnikumdagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari E.Babayev, A.Uljayeva va M.Ismoilxo‘jayevalar tomonidan Oqoltin tuman 3-sonli texnikumida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida deputatlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning borishi, ta’mirlash jarayonlari hamda ta’lim muassasasining kelgusidagi holati bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, mavjud loyihalar ko‘zdan kechirilib, belgilangan ishlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishiga e’tibor qaratildi.

Deputatlar tomonidan qurilish-ta’mirlash ishlarini belgilangan talablar asosida olib borish, ta’lim oluvchilar uchun munosib sharoit yaratish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.