Barcha yangiliklar
Taʻlim va tarbiya jarayoni deputatlar nazoratida
Gallery image 2036
Gallery image 2037
Gallery image 2038
Gallery image 2039
Gallery image 2040
Gallery image 2041
ISMATOV SHERZOD NEMATILLOYEVICH
26 May 2023
03:57

Taʻlim va tarbiya jarayoni deputatlar nazoratida

Xalq deputatlari tuman Kengashining Taʻlim, sogʻliqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi aʼzolari T.Yoqubov, Gʻ.Amonov, Yu.Bobomurodov hamda “Vobkent hayoti” gazetasi bosh muharriri O'.Istatovlar tumandagi ixtisoslashtirilgan maktabida boʻlib, taʻlim-tarbiyaning sifati va samaradorligini oshirish, yosh avlodni yuksak bilim-maʻrifat egalari etib tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini oʻrganishdi. Shuningdek, maktab oshxonasida boʻlib, oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. Maktab mutasaddilariga taʼlim jarayonlarini samarali tashkil etish yuzasidan oʻzlarining kerakli maslahatlarini bildirib oʻtishdi.