Barcha yangiliklar
📌 Dasturlar ijrosi deputat nazoratida
Gallery image 226210
Gallery image 226211
Gallery image 226212
BEKTEMIROV SOBIR QAXROMONOVICH
27 Avg 2026
15:06

📌 Dasturlar ijrosi deputat nazoratida

📌 Dasturlar ijrosi deputat nazoratida
Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputati Sh.Sodiqov hududdagi 62-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan ta’mirlash ishlarini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
Mazkur nazorat tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026-2028-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 393-sonli qarori ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etildi.
Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqillik bayramining 35 yilligi arafasida “Muzbuloq” mahallasida 62-sonli umumta’lim maktabining rekonstruksiya qilingan va qo‘shimcha 96 o‘rinli binosi foydalanishga topshirildi.