Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 226186
Gallery image 226187
Gallery image 226188
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
27 Avg 2026
14:57

Kengash_faoliyati

#Biriktirilgan_tashkilot
#kotibiyat_mudiri_faoliyati
#deputat_faoliyati
#24_ta_masala
#162_ta_Qonunlar_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: 30-maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik darajasi o‘rganildi

Bandixon tumanida ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlarini monitoring qilish hamda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash borasida deputatlik nazorati izchil amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 8-“Birdamlik” saylov okrugi deputat B.Rajabov okrugiga qarashli Birdamlik” mahallasida Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev tashrif buyurib "Birdamlik" mahallasida joylashgan 30-sonli maktabida o‘rganish ishlarini olib bordilar.

Monitoring davomida muassasaning yangi 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, sinf xonalarining mavsumga shayligi, moddiy-texnik imkoniyatlar hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha tahlil qilindi.

Tashrif yakunida aniqlangan muammoli masalalarga yechim topish va ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish bo‘yicha maktab mas’ullariga tegishli ko‘rsatma hamda tavsiyalar berildi.