Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 226098
Gallery image 226099
Gallery image 226100
Gallery image 226101
Gallery image 226102
Gallery image 226103
Gallery image 226104
Gallery image 226105
Gallery image 226106
Gallery image 226107
Gallery image 226108
Gallery image 226109
Gallery image 226110
Gallery image 226111
Gallery image 226112
Gallery image 226113
Gallery image 226114
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
27 Avg 2026
14:12

Kengash_faoliyati

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: Tibbiyot birlashmasida sog‘liqni saqlash islohotlari, "Oila poliklinikalari" faoliyati va Media-reja ijrosi tahlil qilindi

Bandixon tumanida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi shodiyonalari arafasida tibbiyot sohasida erishilgan natijalarni keng targ‘ib etish, birinchi bo‘g‘in tibbiy-sanitariya yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish hamda aholi salomatligini muhofaza qilish borasida tizimli nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri A. Pardayev, tuman Kengashi deputati I. Xalmatov hamda Kotibiyat bosh mutaxassislari B. Qurbonov va E. Eshonqulovlar tuman Tibbiyot birlashmasida bo‘ldilar.

O‘rganish Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan tasdiqlangan Media-reja ijrosini ta’minlash va sohadagi qonunchilik hujjatlarining amaliyotdagi ijrosini baholash maqsadida tashkil etildi.

Monitoring jarayonida "Oila poliklinikalari" tizimining samaradorligi, aholini tibbiy xatlov va skriningdan o‘tkazish holati, tibbiyot muassasalarining zamonaviy diagnostika va davolash asbob-uskunalari bilan jihozlanganlik darajasi atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish borasidagi davlat dasturlari ijrosi, patronaj xizmati sifati hamda dori-darmon ta’minoti sinchiklab tahlil qilindi.

Tashrif yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tuman Tibbiyot birlashmasi rahbariyati va soha mas’ullariga tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli amaliy vazifalar belgilab berildi.