Barcha yangiliklar
AHOLI UCHUN QULAY SHAROITLAR YARATILMOQDA
Gallery image 226007
Gallery image 226008
ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
27 Avg 2026
12:58

AHOLI UCHUN QULAY SHAROITLAR YARATILMOQDA

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Murzametova Marina tashabbusi bilan “Ahilobod” mahallasidagi ko‘p qavatli uylar kirish yo‘laklari va zinapoyalarida aholining harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratish maqsadida tutqich (perila)lar o‘rnatilmoqda.

✅Mazkur amaliy ishlar, ayniqsa, keksalar, yoshi ulug‘ fuqarolar hamda harakatlanishda qo‘shimcha qulaylikka ehtiyoj sezadigan aholi uchun zinapoyalardan xavfsiz va qulay foydalanish imkonini yaratishga qaratilgan.

👨‍💻Deputat tashabbusi asosida amalga oshirilayotgan ushbu ishlar aholi murojaatlarini inobatga olish, fuqarolar uchun munosib va xavfsiz sharoit yaratish borasidagi amaliy choralardan biridir.

🇺🇿Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi tomonidan mahallalarda aholi uchun qulay sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan ishlar izchil davom ettiriladi.

Bizni kuzatishda davom eting!