Barcha yangiliklar
MUSTAQILLIK — MILLIY G‘URUR VA IFTIXOR TIMSOLI
Gallery image 225991
Gallery image 225992
Gallery image 225993
Gallery image 225994
Gallery image 225995
Gallery image 225996
ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
26 Avg 2026
12:51

MUSTAQILLIK — MILLIY G‘URUR VA IFTIXOR TIMSOLI

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Toshkent shahar magistral elektr tarmoqlari” filialida kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan “Mustaqillik — milliy g‘ururimiz va bebaho qadriyatimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Sobirjonov Sanjar Sobirjonovich hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent shahar Yunusobod tumani bo‘linmasi rahbari Miraminova Kamola Asrorovna ishtirok etdilar.

Davra suhbati davomida mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, erishilayotgan yutuqlar, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning yurt taraqqiyotidagi o‘rni haqida fikr almashildi.

Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mavzu yuzasidan mazmunli fikr va takliflarini bildirdilar.

✅ Mustaqilligimiz — abadiy, yurtimiz tinchligi va taraqqiyoti bardavom bo‘lsin!