Barcha yangiliklar
🔹 Muammolar joyiga chiqib o‘rganilmoqda
Gallery image 225922
Gallery image 225923
Gallery image 225924
Gallery image 225925
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
03 Avg 2026
00:00

🔹 Muammolar joyiga chiqib o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Oʻzbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Rajabov Bogʻishamol mahallasida elektr ustunlaridagi kabellarni tartibga keltirish holatini joyiga chiqib o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida Amir Temur ko‘chasining ko‘cha boshi M.Artiqova bilan mavjud muammolar muhokama qilindi. Mazkur masala deputatning “Ko‘chama-ko‘cha yurish” daftariga qayd etilib, uni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilot bilan bog‘lanildi hamda ijrosi nazoratga olindi.

Aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish va hududlarda mavjud muammolarni tizimli hal etish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.