Barcha yangiliklar
Deputat mahalladagi ijtimoiy xizmatlar sifati bilan tanishdi
Gallery image 225913
Gallery image 225914
Gallery image 225915
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
03 Avg 2026
00:00

Deputat mahalladagi ijtimoiy xizmatlar sifati bilan tanishdi

Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashiga Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat I.Egamberdiyev mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordamlarni tayinlash va to‘lash jarayonlari o‘rganildi.

Fuqarolarga manzilli va sifatli ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish hamda ijtimoiy himoya tizimi samaradorligini oshirish doimiy e’tibor markazida.