Barcha yangiliklar
Deputat fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
Gallery image 225907
Gallery image 225908
Gallery image 225909
Gallery image 225910
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
03 Avg 2026
00:00

Deputat fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat I.Qodirova tomonidan navbatdagi o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

Deputat Faxriylar ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro Dadarboyeva Xalima hamda S. Pochchaumarov ko‘chasida yashovchi fuqaro Razzoqova Ug‘iloy xonadonlariga tashrif buyurib, nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan belgilangan imtiyoz va ijtimoiy kafolatlarning amalda to‘g‘ri qo‘llanilishi holatini o‘rgandi.

Suhbat davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglandi. Aniqlangan muammolar tegishli tartibda nazoratga olinib, "Ko‘chama-ko‘cha yurish" daftariga qayd etildi.

🤝 Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta'minlash, ularning muammolarini joyiga chiqqan holda o‘rganish va amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.