Barcha yangiliklar











UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
01 Avg 2026
00:00
Mahallada obodlik va hamjihatlik sari amaliy qadamlar
Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri Q.Bobojonov "Mehr va saxovat oyligi" hamda "Dolzarb 40 kunlik" tadbirlari doirasida Qo`rg`on mahallasida bo‘lib, mahalla faollari bilan birgalikda hududdagi ko‘chalar va aholi xonadonlarida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi.
Hududni yanada obod va fayzli maskanga aylantirish, aholi uchun qulay hamda ozoda muhit yaratish borasidagi ishlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
✨ Obod mahalla — farovon hayot garovi!