Barcha yangiliklar
📍 "Ogʻir" toifadagi mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
Gallery image 225877
Gallery image 225878
Gallery image 225879
Gallery image 225880
Gallery image 225881
Gallery image 225882
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
31 Iyul 2026
00:00

📍 "Ogʻir" toifadagi mahallada amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati B.Artiqov, Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi raisi Y.Moʻminova hamda Kengash kotibiyati mudiri Q.Bobojonov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish oʻrinlarini yaratish hamda kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–49-son qarori ijrosi doirasida "ogʻir" toifaga kiritilgan "Oʻrikzor" mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan joyida tanishdilar.

Oʻrganish davomida mahallada amalga oshirilayotgan ichki yoʻllarni taʼmirlash, elektr tarmoqlarini yangilash hamda obodonlashtirish ishlarining borishi koʻzdan kechirildi.

Mazkur ishlar mahalla infratuzilmasini yaxshilash va aholi uchun qulay turmush sharoitlarini yaratishga xizmat qilmoqda.