Barcha yangiliklar
Qurilish ishlari nazorat ostida
Gallery image 225873
Gallery image 225874
Gallery image 225875
Gallery image 225876
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
31 Iyul 2026
00:00

Qurilish ishlari nazorat ostida

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Oʻzbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Rajabov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Utegenov "Bogʻishamol" mahallasi hududida barpo etilayotgan bolalar oʻyingohi qurilishi jarayonini joyiga chiqib tanishdilar.

Oʻrganish davomida qurilish ishlari sifati va belgilangan muddatlarga rioya etilishi nazorat qilinib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Muammolar nazoratga olinib, "Koʻchama-koʻcha yurish" daftariga qayd etildi.

🤝 Aholi uchun qulay va zamonaviy infratuzilmani yaratish hamda qurilish ishlarining sifatli amalga oshirilishini taʼminlash doimiy eʼtiborda.