Barcha yangiliklar
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 225837
Gallery image 225838
Gallery image 225839
Gallery image 225840
Gallery image 225841
Gallery image 225842
Gallery image 225843
XO‘JANAZAROV SHUXRAT BEKNAZAROVICH
27 Avg 2026
10:41

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🏗 Tashabbusli budjet: xalq tashabbusi — amaliy natija

🇺🇿 “Tashabbusli budjet” loyihasining 1-mavsumi doirasida fuqarolar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar asosida Sherobod tumani 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida sport kompleksi qurish loyihasi eng ko‘p ovoz to‘plab, g‘olib deb topilgan. 🗳🏆

💰 Mazkur loyiha uchun “Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 1 648,0 mln so‘m mablag‘ ajratilgan.

🔎 Ushbu mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi, qurilish ishlarining loyiha talablariga muvofiqligi hamda amalga oshirilayotgan ishlarning holati Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 22-“Kattabog‘” saylov okrugi deputati Abdulahatova Sadoqat Nortojiyevna tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

👷‍♀️ O‘rganish jarayonida sport kompleksi qurilishining borishi, bajarilayotgan ishlarning sifati, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish holati hamda loyiha doirasida belgilangan vazifalarning ijrosi ko‘zdan kechirildi.

🤝 Shuningdek, mas’ullar bilan suhbatlashilib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

⚽️ Mazkur loyiha yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda maktab o‘quvchilari uchun zamonaviy sport sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.

🌿 Xalq ovozi bilan qo‘llab-quvvatlangan tashabbus — xalq manfaatiga xizmat qiladigan bunyodkorlik!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.