Barcha yangiliklar
Fuqarolar murojaatlari – amaliy yechim sari muhim qadam
Gallery image 225820
Gallery image 225821
Gallery image 225822
Gallery image 225823
UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
29 Iyul 2026
00:00

Fuqarolar murojaatlari – amaliy yechim sari muhim qadam

 Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Oʻzbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat A.Rajabov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Utegenov Bogʻishamol mahallasi, Amir Temur koʻchasida yashovchi fuqaro Xakima Qayumovaning ichki yoʻlni tartibga keltirish boʻyicha murojaatini joyiga chiqqan holda oʻrgandilar.

Oʻrganish davomida murojaatda koʻrsatilgan holat atroflicha koʻzdan kechirildi. Aniqlangan muammo "Koʻchama-koʻcha yurish" daftariga qayd etilib, uni bartaraf etish yuzasidan masʼul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar va topshiriqlar berildi.

🤝 Fuqarolarning murojaatlariga tezkor munosabat bildirish, muammolarni joyida oʻrganish va ularning ijobiy yechimini taʼminlash deputatlik faoliyatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib qolmoqda.