Barcha yangiliklar
Fuqarolar murojaatlari o‘rganilib, muammolar hal etildi
Gallery image 225785
Gallery image 225786
Gallery image 225787
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
27 Avg 2026
09:43

Fuqarolar murojaatlari o‘rganilib, muammolar hal etildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi raisi, deputat Sh.Suvonqulov o‘z saylov okrugi hududida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazib, ularning murojaatlari, taklif va muammolarini atroflicha o‘rgandi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bandlik, ijtimoiy masalalar, kommunal xizmatlar, obodonlashtirish hamda boshqa turli masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlar tinglandi.

Har bir murojaat joyiga chiqqan holda o‘rganilib, muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rildi. Ayrim murojaatlar joyida ijobiy hal etilib, fuqarolarga tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Deputat tomonidan saylovchilar bilan bunday uchrashuvlarni muntazam tashkil etish, aholining muammolarini bevosita joyida o‘rganish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.