Barcha yangiliklar
MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI MUNOSABATI BILAN ESDALIK NISHONLARI TOPSHIRILDI
Gallery image 225723
Gallery image 225724
Gallery image 225725
Gallery image 225726
Gallery image 225727
Gallery image 225728
Gallery image 225729
Gallery image 225730
Gallery image 225731
Gallery image 225732
YUSUBOV MUZAFFAR ALIMBAYEVICH
26 Avg 2026
20:14

MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI MUNOSABATI BILAN ESDALIK NISHONLARI TOPSHIRILDI

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🇺🇿 MUSTAQILLIKNING 35 YILLIGI MUNOSABATI BILAN ESDALIK NISHONLARI TOPSHIRILDI

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 22-avgustdagi Farmoniga muvofiq, mamlakatimiz taraqqiyoti, xalq farovonligini yuksaltirish, davlat va jamiyat hayotidagi islohotlarni amalga oshirish hamda yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan yurtdoshlarimiz “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlanmoqda.

🏛 Bugun xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi Rustamxon Kalanov tomonidan Toshkent shahar Kengashining bir qator deputatlari hamda kotibiyat xodimlariga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

🎖 Taqdirlanganlarning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlardagi faol ishtiroki, poytaxtimiz ravnaqi va aholi farovonligini ta’minlash, fuqarolar manfaatlarini himoya qilish, mahalliy Kengashlar faoliyati samaradorligini oshirish yo‘lidagi munosib xizmatlari alohida e’tirof etildi.

💐 Tadbir davomida esdalik nishoni sohiblari yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etilib, ularning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilandi.

🇺🇿 Mustaqilligimizning 35 yilligi barchamizga muborak bo‘lsin!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash