Barcha yangiliklar
XALQ DEPUTATLARI BANDIXON TUMANI KENGASHI FAOLIYATI
Gallery image 26478
Gallery image 26479
Gallery image 26480
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
03 Fev 2025
15:12

XALQ DEPUTATLARI BANDIXON TUMANI KENGASHI FAOLIYATI

I

Fuqarolar muammolarni joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur maslahat, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish maqsadida Bandixon tumanidagi “Bandixon” mahallalasida xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Abdimo'minov ishtirokida saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida mahalla institutining jamiyat hayotidagi rolini mustahkamlash va moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani qayd etildi va yurtimizda olib borilayotgan islohotlar, 2025-yilga mo‘ljallangan davlat dasturi loyihasining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish va ma’lumotlar berib o‘tildi.

Uchrashuv so‘nggida hududda mavjud muammolar, fuqarolar tomonidan berilgan takliflar yechimi yuzasidan rejalar tuzilib, fuqarolar murojaatlari tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuborilishi belgilab olindi.

https://t.me/bandixon_deputatlari