Barcha yangiliklar
“Elobod” mahallasida yangi investitsiyaviy loyiha amalga oshirilmoqda
Gallery image 225667
Gallery image 225668
Gallery image 225669
Gallery image 225670
Gallery image 225671
Gallery image 225672
Gallery image 225673
GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
26 Avg 2026
19:36

“Elobod” mahallasida yangi investitsiyaviy loyiha amalga oshirilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasi hududida Xitoylik investorlar tomonidan 5 million AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb etilgan holda zamonaviy pishgan g‘isht ishlab chiqarish korxonasi barpo etilmoqda.
Ayni paytda loyiha doirasida qurilish-montaj ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Korxona ilg‘or va zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilib, kelgusida qurilish materiallariga bo‘lgan ichki talabni qondirish, mahalliy ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda tumanning sanoat salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Loyihaning to‘liq ishga tushirilishi natijasida 100 nafardan ortiq yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan. Bu esa, o‘z navbatida, mahalliy aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish va yangi imkoniyatlar yaratish bilan birga, Qumqo‘rg‘on tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga munosib hissa qo‘shadi.