Barcha yangiliklar
Yo‘lning ta’mirtalab qismi o‘rganildi
Gallery image 225605
Gallery image 225606
Gallery image 225607
Gallery image 225608
Gallery image 225609
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
26 Avg 2026
19:16

Yo‘lning ta’mirtalab qismi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Nosirov tomonidan “Isfara guzari” MFY raisi S.Mirzayev bilan birgalikda Parkent ko‘chasidagi yo‘lning ta’mirtalab qismi joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida mazkur ko‘chadagi yo‘lning ayrim qismlari ta’mirtalab holga kelgani hamda ushbu muammoni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ta’mirlash ishlarini amalga oshirish zarurligi qayd etildi.

Hududdagi mavjud muammoni ijobiy hal etish va aholi uchun qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish maqsadida tegishli mas’ul tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborish yuzasidan kelishib olindi.

Deputatlik so‘rovida Parkent ko‘chasining ta’mirtalab qismini o‘rganib chiqish va zarur ta’mirlash ishlarini amalga oshirish masalasini ko‘rib chiqish nazarda tutiladi.

Mazkur masala deputat A.Nosirov nazoratida bo‘lib, murojaat natijalari hamda belgilangan ishlarning amalga oshirilishi monitoring qilib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi