Barcha yangiliklar
HAMKORLIK VA DEPUTATLIK NAZORATI
Gallery image 225499
Gallery image 225500
Gallery image 225501
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
26 Avg 2026
18:48

HAMKORLIK VA DEPUTATLIK NAZORATI

Biriktirilgan tashkilotlar hamda Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi o‘rtasidagi hamkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Shu doirada xalq deputati D.Tuychiyeva tomonidan tuman IIB qoshidagi Qo‘riqlash bo‘limi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida bo‘limning faoliyat yo‘nalishlari, mavjud sharoitlar, ish jarayonlari hamda sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, mavjud muammolarni bartaraf etish va faoliyat samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Bunday hamkorliklar deputatlik nazoratini kuchaytirish, tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish hamda hududda jamoat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.