Barcha yangiliklar
Saylovchilar bilan ochiq muloqot
Gallery image 225380
Gallery image 225381
Gallery image 225382
Gallery image 225383
Gallery image 225384
Gallery image 225385
Gallery image 225386
Gallery image 225387
UZBEKOVA ZOHIDA BAXROMOVNA
26 Avg 2026
17:50

Saylovchilar bilan ochiq muloqot

 Saylovchilar bilan ochiq muloqot

✅ Tuman hokimi B.Sh. Shukurov o‘z saylangan Kofrun saylov okrugi saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

✅ Uchrashuv davomida saylovchilarning murojaatlari, hududdagi mavjud muammolar va aholini qiynayotgan masalalar atroflicha muhokama qilindi. Fuqarolar tomonidan yo‘l, ichimlik suvi, obodonlashtirish, ijtimoiy soha hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan taklif va murojaatlar bildirildi.

✅ Tuman hokimi har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, ko‘tarilgan masalalarni tegishli mutasaddilar ishtirokida o‘rganish va ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish zarurligini ta’kidladi.

✅ Muloqotda aholi bilan doimiy va ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, saylovchilar tomonidan bildirilgan takliflarni inobatga olish hamda hududdagi muammolarni joyida hal etish muhim vazifalardan biri ekani qayd etildi.

✅ Uchrashuv so‘ngida saylovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullardan javoblar oldilar. Bildirilgan murojaat va takliflarning ijrosi tegishli mutasaddilar nazoratiga olindi.