Barcha yangiliklar
Media-reja ijrosi
Gallery image 225363
Gallery image 225364
Gallery image 225365
Gallery image 225366
Gallery image 225367
Gallery image 225368
Gallery image 225369
Gallery image 225370
Gallery image 225371
Gallery image 225372
Gallery image 225373
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
26 Avg 2026
17:31

Media-reja ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichlari hamda 2016-yildan buyon erishilgan natijalar tahlil qilindi

Bandixon tumanida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ta’lim sohasida amalga oshirilgan tub islohotlarni targ‘ib etish, o‘quvchi-yoshlarning oliy ta’limga qamrov darajasini oshirish va Media-reja ijrosini ta’minlash borasida nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi N. Allamuratova hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi B.Qurbonov tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida bo‘ldilar.

Tashrif davomida 2016-yildan bugungi kungacha bo‘lgan davrda tumandagi maktablar bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga qabul qilinish ko‘rsatkichlari dinamikasi ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, davlatimiz rahbarining sohadagi tashabbuslari va yaratilgan imkoniyatlar natijasida tumanda OTMga kirish ko‘rsatkichi bir necha baravarga oshib, iqtidorli va bilimli yoshlar soni mutasil ko‘payib bormoqda.

O‘rganish yakunida yangi o‘quv yilida ta’lim sifatini yanada yuqori bosqichga olib chiqish bo‘yicha soha mas’ullariga tegishli ko‘rsatmalar berildi.