Barcha yangiliklar
#o'rganish
Gallery image 225354
Gallery image 225355
JO‘RABOYEVA NAFOSAT OLIM QIZI
25 Avg 2026
17:22

#o'rganish

#o'rganish

Nurafshon shahar 57-sonli maktabda "Dolzarb 90 kun" tadbirlari diqqat markazida!

Yangi o‘quv yili yaqinlashgani sayin ta’lim muassasalarida tayyorgarlik ishlari yanada qizg‘in tus olmoqda. Shu munosabat bilan, "Dolzarb 90 kun" aksiyasi doirasida Nurafshon shahridagi 57-sonli umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganib chiqildi.

Jarayonda hudud deputi 18-saylov okrug deputati A.Tursunboev tomonidan maktabdagi quyidagi muhim yo‘nalishlar ko‘zdan kechirildi va tegishli tavsiyalar berildi:

📚 Yangi 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik: Sinfxonalarning holati, darsliklar va o‘quv qurollari bilan ta’minlanganlik darajasi.
❄️ Kuz-qish mavsumiga shaylik: Isitish tizimlarining sozligi, bino va inshootlarning mavsumga tayyorligi.
🎨 Yozgi ta’tilda o‘quvchilar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish: Maktabda faoliyat yuritayotgan turli sport, san’at va fan to‘garaklarining ishlash jarayoni.