Barcha yangiliklar
#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati
Gallery image 225279
Gallery image 225280
Gallery image 225281
Gallery image 225282
Gallery image 225283
Gallery image 225284
Gallery image 225285
Gallery image 225286
Gallery image 225287
NISHANBEKOVA UMIDA ABDUJABBAROVNA
26 Avg 2026
16:48

#deputatlar_nazorati # deputatlik_faoliyati

Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatlari — X.Kuchkarova, D.Xursandova, B.Qobiljonov, I.Xudaykulov va N.Akbarovlar tumandagi 3-sonli umumtaʼlim maktabining yangi oʻquv mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini yaqindan oʻrganishdi.
Raqamlar nima demoqda?
·         📊 Bino quvvati: 1 250 nafar oʻquvchiga moʻljallangan.
·         📈 Hozirgi oʻquvchilar soni: 2 380 nafardan ziyod! (Maktab oʻz quvvatidan ancha yuqori yuklama bilan ishlamoqda).
👶 Yangi oʻquv yilida maktabda jami 9 ta birinchi sinf ochildi:
·        5 ta rus sinfi;
·       4 ta oʻzbek sinfi.
♿️: Oʻrganish jarayonida alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun yaratilgan sharoitlarga ham alohida eʼtibor qaratildi. Hozirda maktabga 3 nafar inklyuziv taʼlim oʻquvchisi qabul qilingan boʻlib, ularning bilim olishi uchun yaratilgan sharoitlar deputatlar tomonidan koʻzdan kechirildi.
Shuningdek, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan kerakli tavsiyalar berilib, zudlik bilan bartaraf etish choralari belgilandi.
Deputatlarimiz tomonidan olib borilayotgan bu kabi jamoatchilik nazorati taʼlim sifatini oshirish va har bir bola uchun teng imkoniyatlar yaratishda muhim qadamdir!

🇺🇿Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi kotibiyati

👀Bizni kuzatishni davom eting! 👇👇👇