Barcha yangiliklar
Bugun Popda bayramona tong otdi!
Gallery image 225165
Gallery image 225166
Gallery image 225167
Gallery image 225168
Gallery image 225169
Gallery image 225170
Gallery image 225171
MUXAMMADJONOV AXRORJON IKROMJON O‘G‘LI
26 Avg 2026
16:11

Bugun Popda bayramona tong otdi!

Bugun Popda bayramona tong otdi!

Mustaqilligimizning qutlug‘ 35 yilligi arafasida Kelachi mahallasidagi Toshkent ko‘chasi yangicha qiyofada, fayzu tarovat bilan el-yurt bag‘riga ochildi.

Tantanali ochilish marosimida viloyat va tuman mehmonlari, nuroniy otaxonlar, yoshlar hamda mahalla aholisi ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olgan tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Gʻulomjon Murodxo‘jayev yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xalqimiz uchun yaratilayotgan munosib sharoitlarga to‘xtalib, ushbu ezgu tashabbusni amalga oshirishda hissa qo‘shgan POP CITY MALL rahbariyatiga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Shundan so‘ng ramziy lenta qirqilib, zamonaviy va ko‘rkam qiyofa kasb etgan Toshkent ko‘chasi tantanali ravishda ochildi!

Yoshlarimizning sevimli san’atkori Jahongir Foziljonov «Bojalar» guruhi Kelachi mahallasidagi Yoshlar maydonida o‘zining dilrabo qo‘shiqlari bilan haqiqiy bayram kayfiyatini ulashdi!