Barcha yangiliklar
SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILISHI REJALASHTIRILAYOTGAN MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
Gallery image 225148
Gallery image 225149
Gallery image 225150
Gallery image 225151
Gallery image 225152
Gallery image 225153
Gallery image 225154
Gallery image 225155
Gallery image 225156
Gallery image 225157
Gallery image 225158
Gallery image 225159
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
26 Avg 2026
16:07

SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILISHI REJALASHTIRILAYOTGAN MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI

O‘rganishda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 11-“Guliston” saylov okrugidan saylangan deputati Mamatmuratov Azamat Karamatovich, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi Kotibiyati mudiri M.Xujanov, Kotibiyatning bosh mutaxassislari A.Esanov hamda I.Roziqov ishtirok etdi. 

O‘rganish davomida tumandagi 18-sonli umumta’lim maktabining 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi. Jumladan, maktabning moddiy-texnik bazasi, sinf xonalari va mavjud shart-sharoitlar,
ta’lim jarayonini tashkil etish uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda obodonlashtirish ishlari holatiga e’tibor qaratildi. 

Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yangi o‘quv yilini munosib kutib olish hamda ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. 

O‘rganish natijalari navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan tegishli taklif va xulosalarni shakllantirishda inobatga olinadi.