Barcha yangiliklar
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI
Gallery image 225015
Gallery image 225016
Gallery image 225017
Gallery image 225018
Gallery image 225019
Gallery image 225020
Gallery image 225021
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
26 Avg 2026
14:32

DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, 14-Nurafshon saylov okrugi deputati S.Jurayeva tomonidan joriy yilning 25-may kuni shahar hokimi o‘rinbosari nomiga deputatlik so‘rovi yuborilgan edi.

Mazkur deputatlik so‘rovida Nurafshon mahallasidagi yo‘llarning holatini yaxshilash, xususan, muammoli ko‘chalardan birini asfaltlashtirish masalasi ko‘tarilgan. Deputat tomonidan hududdagi mavjud muammo o‘rganilib, uni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddilar e’tiboriga yetkazilgan.

Bugungi kunda deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala amaliy yechimini topib, Nurafshon mahallasida asfaltlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Deputat S. Jurayeva hududga chiqib, amalga oshirilayotgan asfaltlashtirish ishlarining borishini shaxsan nazorat qildi. O‘rganish davomida yo‘l qoplamasining sifati, ishlarning belgilangan talablar asosida olib borilishi hamda aholiga qulaylik yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

Mazkur natija deputatlik so‘rovlarining hududlarda mavjud muammolarni aniqlash va ularni amaliy hal etishdagi muhim vosita ekanini yana bir bor ko‘rsatmoqda.

Eng muhimi, saylovchilar tomonidan bildirilgan muammo deputat tashabbusi bilan tegishli tashkilotlarga yetkazilib, bugungi kunda amaliy ishlar bilan davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari tomonidan fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni o‘rganish, ularning yechimini topish va ijrosini nazorat qilish ishlari davom ettiriladi.