Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 224999
Gallery image 225000
Gallery image 225001
Gallery image 225002
Gallery image 225003
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
26 Avg 2026
14:18

Kengash_faoliyati

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Paxtakor" mahallasida 70 ta xonadonni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash loyihasi o‘rganildi

Bandixon tumanida aholi turmush sharoitlarini yaxshilash, mahallalar infratuzilmasini modernizatsiya qilish hamda aholini kafolatlangan toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha deputatlik nazorati ostida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri A.Pardayev 9-“Paxtakor” saylov okrugi deputati A.Allamuradov okrugiga qarashli "Paxtakor" MFYda bo‘lib, Bog‘ ko‘chasida amalga oshirilayotgan ichimlik suvi tarmog‘ini qurish jarayonini bevosita joyida o‘rgandi.

Monitoring davomida ta’kidlanganidek, ushbu ko‘chaga D-76 mm diametrli yangi ichimlik suvi quvurlari olib kelinib, yotqizish ishlari jadal olib borilmoqda. Ushbu loyihaning to‘liq ishga tushirilishi natijasida 70 ta xonadonda istiqomat qiluvchi aholining ichimlik suvi ta’minoti tubdan yaxshilanadi. Tashrif yakunida qurilish ishlarini davlat standartlariga mos holda va belgilangan muddatlarda yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.