Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 224994
Gallery image 224995
Gallery image 224996
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
26 Avg 2026
14:05

Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati,  “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi a’zosi Yoqutxon Madjidova boshchiligida “Alisher Navoiy” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda “Alisher Navoiy” va “Shukur Burxonov” mahallalari faollari ishtirok etdilar.  

Samimiy va iliq muhitda o‘tgan uchrashuv davomida yurtimiz Mustaqilligi yillarida erishilgan yutuqlar, tinchlik va taraqqiyot qadriyatlari, shuningdek, mahalladagi dolzarb masalalar xususida fikr-mulohazalar bildirildi. Ishtirokchilar o‘z taklif va istaklarini ochiq bayon etib, deputat bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Deputat Yo.Madjidova yig‘ilganlarni qutlug‘ ayyom bilan tabriklab, Mustaqillik — xalqimizning bebaho ne’mati, uni asrab-avaylash hamda yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shish har birimizning burchimiz ekanini ta’kidladi.

Mustaqilligimiz muborak bo‘lsin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon bo‘lsin!