Barcha yangiliklar
#Deputatlik_faoliyat #19_1_Modda_ijrosi #Hamkorlik_faoliyati  #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari
Gallery image 224990
Gallery image 224991
YO‘LDOSHXO‘JAYEVA MUXLISA RUSTAMOVNA
25 Avg 2026
13:33

#Deputatlik_faoliyat #19_1_Modda_ijrosi #Hamkorlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari

Xalq deputatlari Shayxontohur tumani Kengashi deputati K.Karimov tomonidan "Beltepa" va "Yangi Beltepa" mahalla fuqarolar yig'inlarida hududni obodonlashtirish va mahalla infratuzilmasini rivojlantirish yuzasidan o'rganish o'tkazildi.
O'rganish jarayonida hudud hovlilari, yo'l va piyodalar yo'lkalari holati, yashil maydonlar hamda ijtimoiy infratuzilma ob'ektlarining ahvoli bevosita joyda ko'zdan kechirildi.
Deputat mahalla faollari va aholi bilan uchrashib, ularning obodonlashtirish borasidagi taklif va murojaatlarini tingladi hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berdi.
Deputat mahalla aholisi bilan bunday tizimli uchrashuv va o'rganishlarni kelgusida ham davom ettirish, obodonlashtirish borasidagi ishlarni belgilangan muddatlarda va sifatli bajarilishini ta'minlash muhim vazifalardan biri ekanligini ta'kidladi.