Barcha yangiliklar



KOMILOV A’ZAMJON UMID O‘G‘LI
26 Avg 2026
11:08
📊 BOZORDAGI NARXLAR — DEPUTAT NAZORATIDA
Aholi iste’moli uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining bozorlardagi mavjudligi, sifati va narx-navosi deputat nazoratiga olindi.
Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati Muxiddin Yarashev bozorda bo‘lib, oziq-ovqat mahsulotlarining yetarliligi, sifati hamda amaldagi narxlarini o‘rgandi.
O‘rganish davomida aholiga zarur mahsulotlarning barqaror ta’minoti, narxlarning asossiz oshib ketishining oldini olish va iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🔎 Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berilib, masala deputat nazoratida qoldirildi.