Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 224930
Gallery image 224931
Gallery image 224932
Gallery image 224933
Gallery image 224934
Gallery image 224935
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
26 Avg 2026
10:39

Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston “Adolat” SDP a’zosi Abdukamilov Shavkat Shuxratovich (13-Ulug‘bek saylov okrugi) tuman Mudofaa ishlari bo‘limi bilan hamkorlikda ishlash uchun biriktirilgan.

Kengash deputati tuman Mudofaa ishlari bo‘limiga tashrif buyurib, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Mudofaa bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari bilan yoshlarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezerviga qabul qilish va harbiy yig‘inlarga yuborish hamda harbiy xizmatni kontrakt bo‘yicha o‘tash istagini bildirgan nomzodlarni tanlash va rasmiylashtirish jarayonlari yuzasidan bevosita suhbatlar o‘tkazildi.

Bo‘lib o‘tgan tadbirda deputat yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik ruhini oshirish tadbirlariga e’tiborni yanada kuchaytirish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.

Shuningdek, hamkorlikda tashkil etiladigan va amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.