Barcha yangiliklar
Oliy Majlis deputati Azamat Pardayev Oqdaryo tumanida
Gallery image 26363
Gallery image 26364
Gallery image 26365
Gallery image 26366
Gallery image 26367
Gallery image 26368
ERKINOV JAXONGIR AKTAMXON O‘G‘LI
29 Yan 2025
12:43

Oliy Majlis deputati Azamat Pardayev Oqdaryo tumanida

Bugun Oqdaryo tumanida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Azamat Pardayev Xalq deputatlari Oqdaryo tuman Kengashi deputatlari bilan birgalikda joylarda uchrashuvlar olib borishdi. Jumladan, tuman tibbiyot birlashmasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishilib, soha mas’ullarining takliflari va amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi. O‘rganishlar davomida O‘zbekiston mahallasi hududidagi QVP sharoitlari ko‘zdan kechirildi va fuqarolar murojaatlari tinglandi. Shuningdek, deputat Azamat Pardayev Galaravot mahallasida ham saylovchilar bilan uchrashib, mahalladagi poliklinika shart-sharoitlari bilan tanishdi.